3 765
Bosh prokuratura Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha surishtiruv boshlagan
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
«O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar sharoitida fuqarolik jamiyatining rivojlanishi» mavzusidagi tadbirda Prezident xalq qabulxonalari - hokimiyat va xalq o‘rtasidagi muloqot vositasi ekani, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari va mexanizmlari, OAV sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAV roli, so‘z erkinligini ta’minlash kafolati omili sifatida blogosferani rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.
Tadbirda mas’ul shaxslarga Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning bloger haqidagi gaplari xususida savol berildi.
«Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bo‘yicha Bosh prokuratura surishtiruv boshlabdi. Surishtiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», - deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Unga ko‘ra, G‘aniyev 2 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Quvada gaz yo‘qligiga norozilik bildirib, avtomobil yo‘lini to‘sish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan shaxsning «janozasi o‘qilmagani» uchun Quva tumani hokimini tergagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi