17:27 / 19.12.2019
3 611

2019 yil 21 dekabr kuni Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari yopiladi

2019 yil 21 dekabr kuni Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari yopiladi
2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari qishki ta’tilga chiqishadi.

Qishki ta’til muddati talabalarga konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda 2019 yilning 22 dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlarida ishtirok etishlari uchun o‘zgartirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ko‘ra, bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlar o‘zlari yashab turgan hududdan turib saylovlarda ishtirok etishi hamda uzluksiz dam olishlari uchun imkoniyat yaratishdir.

Bildirilishicha, Toshkent shahridagi talabalar turar joylarida 89 mingdan ziyod yoshlar istiqomat qiladi. Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va xavfsizlik nuqtai nazaridan 2019 yil 21 dekabr kuni barcha talabalar turar joylari yopiladi.

Bunda guruh rahbarlari talabalar turar joyida istiqomat qiladigan har bir talaba bilan muloqotda bo‘lgan holda ularning qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarida ko‘maklashadi.

Yangi yil va saylov munosabati bilan avia va temir yo‘l chiptalariga talabning ortishi hamda boshqa uzrli sabablarga ko‘ra doimiy yashash manziliga ketishga kechikadigan talabalarga sharoit yaratiladi.

Talabalar turar joyida hech kim sababsiz chiqarib yuborilmaydi, deya yakunlanadi vazirlik xabari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yil 21 dekabr kuni Toshkentdagi barcha talabalar turar joylari yopiladi