13:58 / 20.12.2019
2 079

ESPN 2019 yilning eng yaxshi bokschisini aniqladi

ESPN 2019 yilning eng yaxshi bokschisini aniqladi
Foto: RingTV
Boks bo‘yicha o‘rta vaznda WBA kamari sohibi Saul Alvares 2019 yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Qayd etish joiz, yilning eng yaxshi bokschisi ESPN telekanali talqiniga ko‘ra aniqlandi.

«Ushbu e’tirofdan mamnunman. Bu kareramdagi bitta qadam, xolos. Sizlardan shoshmaslikni so‘rardim, chunki Kanelo tarixga kiradi. Buni men kafolatlayman», — deydi bokschining o‘zi.
Eslatib o‘tamiz, Alvares 2015 yilda ham ushbu nomga loyiq ko‘rilgan edi.

Ma’lumot uchun, Saul professional boksda shu kunga qadar 56 ta jang o‘tkazib, 53 ta jangda g‘alaba qozongan. Shundan 36 tasi nokaut orqali qo‘lga kiritilgan. Bir marta mag‘lubiyatga uchragan (Floyd Meyvezer). Ikki marta esa durang qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ESPN 2019 yilning eng yaxshi bokschisini aniqladi