17:51 / 05.01.2020
3 007

DXX yirik partiyadagi kontrafakt mahsulotlarni qo‘lga oldi

DXX yirik partiyadagi kontrafakt mahsulotlarni qo‘lga oldi
Foto: DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Davlat chegarasidan noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinilgan kontrafakt mahsulotlarning yirik partiyasini qo‘lga oldi. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari 2019 yilning 30 dekabr kuni Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 430 million so‘mga teng bo‘lgan biologik aktiv qo‘shilmalarning yirik partiyasini mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishining oldini oldi.

Shuningdek, 29 dekabr kuni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyati chegaroldi hududlarida 150 million so‘mga teng bo‘lgan pirotexnika vositalarini Davlat chegaralaridan noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Shu kunning o‘zida mamlakatimiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqib ketishga urinilgan 20 ming AQSH dollari miqdordagi pul mablag‘i aniqlandi.

Bundan tashqari Andijon viloyatining chegaraoldi hududida umumiy qiymati 580 million so‘mga teng bo‘lgan turli xildagi sifati shubhali dori mahsulotlari qo‘lga olindi. Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX yirik partiyadagi kontrafakt mahsulotlarni qo‘lga oldi