O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 yanvar kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha joriy yilga asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
2019 yil 1 fevraldagi prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha yilning 27 martidagi qarorga asosan esa, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati isloh qilinib, uning negizida “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil topdi.
Xabarda aytilishicha, o‘tgan yili mamlakatimizda 6 ta yirik loyiha doirasida jami 1076 megavatt elektr energiya quvvatlari ishga tushirildi.
Joriy yilda elektr energiyasi iste’moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda.
Foto: president.uz
Joriy yilda issiqlik elektr stansiyalarida 1177 megavatt, gidro elektr stansiyalarida 120 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3 ming 500 megavattli bug‘-gaz qurilmalari, 400 megavattli shamol va shunday quvvatga ega quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar shakllantirilgan.
Yig‘ilishda tarmoq korxonalarida rentabellikni ta’minlash, energiya iste’moli uchun qarzdorlikni bartaraf etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi bu borada yaxshi samara berayotgani qayd etilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakunigacha yana 4 million 500 ming dona zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib yurtimizda elektr energiyasi iste’moli hozirgiga nisbatan 2 barobar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois Energetika vazirligiga keyingi o‘n yilda umumiy quvvati 7 ming 900 megavattni tashkil etadigan yangi issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, investorlarni jalb qilgan holda, 8 ming megavatt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, gidro elektr stansiyalari quvvatini 1 ming 935 megavattga oshirish, kichik gidro elektr stansiyalar barpo etishni xususiy sektorga berish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Mutasaddi tashkilotlarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita ishlaydigan o‘rta va kichik bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi