16:53 / 17 января 2020
2 339

Namanganda qotil 74 ming so‘m uchun er-xotinni o‘ldirdi (video)

Namanganda qotil 74 ming so‘m uchun er-xotinni o‘ldirdi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Namanganning Pop tumanida xo‘randa oshxonaning egalarini o‘ldirdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Aziz Yangiboyev Pop tumanida yashovchi xolasinikiga boradi. U yo‘lda ovqatlanish uchun xalq orasida «Vilka» deb ataluvchi oshxonaga kiradi va taomlar hamda spirtli ichimlik buyurtma qiladi. Kayfi oshgan xo‘randaga xodimlar oshxona yopilayotganini va uning yegan taomi va ichimligining narxi 74 ming so‘m bo‘lganini aytishadi. Aziz yonida to‘lash uchun puli yo‘qligini bildirib, kafolat sifatida Redmi rusumli telefonini tashlab ketadi.

Aziz xolasinikiga borib, u yerdan pichoq olib oshxonaga qaytib boradi. U oshxonaning ikkinchi qavatida uxlab yotgan oshxona egalari— er-xotinni ayovsiz pichoqlaydi.

Aziz Yangiboyev Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, uzil-kesil 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)