3 391
Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘ylar masalasiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentda Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Majlisda so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘y va oilaviy tadbirlarni o‘tkazishga doir qabul qilingan qaror ijrosiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi.
«To‘y va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda. Senatorlarimiz, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollarimiz, nuroniylarimiz shu yerda o‘tirishibdi – o‘ylaymanki, sizlar to‘y va marosimlarning o‘tkazilishiga befarq bo‘lmay, buni davom ettirishimiz kerak. Buning hammasi xalqimizning manfaati uchun xizmat qiladi», – dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan boshlab parlament palatalari kengashlarining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori kuchga kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi