16:13 / 28.01.2020
3 125

Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirida 19 yoshli oilali ayol J.A. 2019 yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro M.ga 5 ming dollarga sotib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi