Xorazmlik 44 yoshli fuqaro G.R., 2017 yilning iyun oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 50 yoshli O.R.ning ishonchiga kirib, unga Urganch tumanida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan 700 kv.m. maydonli noturar binoni sotishini aytib, O.R.ni aldab, undan jami 59.400.000 so‘m va 3.700 AQSH dollar pullarini olib, O.R.ga 700 kv.m. noturar binoni bermasdan, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari G.R., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro 44 yoshli B.T.ga har biri 288 kv.m.li ikkita binolarni jami 11.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, undan jami 24.400.000 so‘m va 2.200 AQSH dollar pullarini olib, B.T.ga noturar binoni bermasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, qasddan firibgarlik jinoyatlarini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O.R. va boshqalarning arizasiga ko‘ra Urganch tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2020 yil 23 yanvar kuni fuqaro G.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi