18:22 / 30.01.2020
2 430

MIB faoliyatidan: Sirdaryoda 396 ta oilalar tiklandi

MIB faoliyatidan: Sirdaryoda 396 ta oilalar tiklandi
O‘zbek xalqi bolajon xalq. Farzandi uchun bor budini berishga tayyor. Ammo oramizda shunday insonlar borki o‘z pushtikamaridan bo‘lgan bolasini boqishdan ko‘ra oilaviy nizoni ustin ko‘radi. Kimlardandir alamzada bo‘lib, guldek farzandi ko‘ziga ko‘rinmay qoladi.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida joriy yilning o‘tgan davrida 6 mingdan ortiq ijro hujjatlari bo‘yicha 2 mlrd. 750 mln. so‘m aliment to‘lovlari undirilishi ta’minlandi.

Jumladan, Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan FIB Boyovut tumanlararo sudining 01.03.2010 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.Umbetovdan unduruvchi N.Umbetova foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minot uchun 1 kunda 26.265 ming so‘m aliment pullari undirilib berildi.

Davlat ijrochilari bilan mahalla va joylardagi imom-xatiblar ishtirokida nizoli oilalarda o‘tkazilgan suhbatlar, tushuntirish ishlari natijasida joriy yilning 11 oyida aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha taraflar o‘zaro yarashtirilib, 396 ta oilalar tiklanishiga erishildi.

Shu bilan birga, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llanilishiqat’iy nazoratga olinib, aliment majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanmoqda.
Xususan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 166 nafar qarzdorlar ma’muriy javobgarlikka va 5 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: Sirdaryoda 396 ta oilalar tiklandi