16:41 / 03.02.2020
2 425

Komilov: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida «katta muammoli masalalar» qolmadi

Komilov: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida «katta muammoli masalalar» qolmadi
Foto: KEVIN LAMARQUE/POOL/AFP via Getty Images
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi kun tartibida «katta muammoli masalalar» qolmadi, tomonlar iqtisodiy, madaniy va gumanitar hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratmoqchi. Bu haqda dushanba kuni AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.

«Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha e’lon qilingan yangi strategik sheriklik davri mustahkam poydevorga asoslanadi. Birinchidan, bu O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va boshqa islohotlardir. Ikkinchidan, tashqi siyosatimizning aniq belgilab qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlari, ular orasidagi eng asosiysi mintaqaviy siyosat, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro ishonch va hurmatni shakllantirishdir, - dedi Komilov. - Davlat kotibi (Pompeo - tah.) bilan biz o‘zaro siyosiy kun tartibida katta muammoli masalalar yo‘qligi haqidagi xulosaga keldik. Siyosiy hamkorlik masalalarini hal qilar ekanmiz, iqtisodiy, savdo, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikka alohida e’tibor qaratishni istardik».

O‘zbekiston tomoni Amerika biznesi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga va qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni rag‘batlantirishga tayyorligini bildirdi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.

TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikning muhim jihatlaridan biri sifatida xalqaro maydonda qo‘shma harakatlarni muvofiqlashtirishni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, Komilovning ta’kidlashicha, AQSH O‘zbekistonning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komilov: O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida «katta muammoli masalalar» qolmadi