18:27 / 14.02.2020
2 735

Yetkazilgan zararlarning undirilishi davom etmoqda

Yetkazilgan zararlarning undirilishi davom etmoqda
MIB Gurlan tumani bo‘limi xodimlari tomonidan hududda energiya resurlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy foydalanib kelayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.

Xususan, Gurlan tumanidagi xususiy korxona rahbari X.Isayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish” qoidalarining 118-bandiga zid ravishda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 60882,0 Kvt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasiga 20,2 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

To‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari o‘tkazilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. Tuman sudi tomonidan X.Isayevning harakatlariga qonuniy chora ko‘rilib, noqonuniy foydalanish oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan 20,2 mln. so‘m zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yetkazilgan zararlarning undirilishi davom etmoqda