12:02 / 17.02.2020
2 574

Bo‘ka tumanida “Yangi tahrirdagi soliq kodeksining afzalliklari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bo‘ka tumanida “Yangi tahrirdagi soliq kodeksining afzalliklari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Mazkur davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad soliq qonunchiligidagi o‘zgarish va yangiliklarni zudlik bilan xalqqa yetkazib turish va amalga oshirilishi lozim vazifalar haqida fikr almashish, soliq to‘lovchilar faolligini har tomonlama kuchaytirish borasida targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish.

Yangi soliq kodeksi qabul qilingandan so‘ng, Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasida va hududdagi mahallalarda 30 dan ortiq seminarlar o‘tkazilib, ularda 700 dan ortiq soliq to‘lovchilar ishtirok etdilar, - deydi Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshodbek Omanov.

Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatli joyi shuki, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, - deya ta’kidlab o‘tdi viloyat davlat soliq boshqarmasi "Soliq maslahatlari" bo‘limi bosh inspektori Ismatilla Sevinchev.

Tadbirda kodeksning mazmun-mohiyati bilan bir qatorda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyati, shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan eng dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘ka tumanida “Yangi tahrirdagi soliq kodeksining afzalliklari" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi