Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali batafsil tushuncha berdi.
Qonunchilikka ko‘ra, xodim o‘z roziligi bilan ish vaqtidan tashqari surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas
Masalan, agar xodim birinchi kuni 4 soat ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilingan bo‘lsa, ertasi kuni hatto uning roziligi bo‘lgan taqdirda ham uni bunday ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Ish smenasi 12 soat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga, xodimning roziligi bo‘lgan taqdirda ham yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, xodimni surunkasiga 2 smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan"
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim"
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!