12:20 / 04.03.2020
3 718

Mirishkor hokimi mahalla raislaridan uzr so‘radi

Mirishkor hokimi mahalla raislaridan uzr so‘radi
Kecha, 3 mart kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning topshirig‘i bilan viloyat hokimligi Odob axloq komissiyasi raisi Oliy Majlis senati a’zosi A. Erkayev va komissiya a’zolari Mirishkor tumani hokimligi faollar zalida mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, «Nasafnews» yozdi.

So‘zga chiqqanlar o‘sha vaqtdagi ikki tomonning ruhiy holati, raislarning o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi, hokimning noo‘rin qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida turli mulohazalar bildirishgan.

Tuman hokimining ishtirokisiz o‘tgan muhokama jarayoni yakunlangach komissiya raisi A. Erkayev zalga tuman hokimi B. Rajapovni taklif etdi. B. Rajapov bo‘lib o‘tgan noqulay holat va qo‘polliklar uchun mahalla raislaridan uzr so‘rab, o‘sha paytdagi og‘ir ruhiy holatiga izoh bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimining mahalla raislarini so‘kkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo‘yicha tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, so‘kong‘ich hokim holatni izohlab, mahalla raislarini urganini rad etdi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur voqeaga bloger Xushnud Xudoyberdiyev ham o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek, haddidan oshgan hokim deputat Rasul Kusherbayev tomonidan ham keskin tanqid qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirishkor hokimi mahalla raislaridan uzr so‘radi