17:30 / 04.03.2020
4 615

Bolalarga eng avvalo Qur’onni yodlatsak…

Bolalarga eng avvalo Qur’onni yodlatsak…
1) Qur’oni karimni yodlashlik ila bolaning aqliy salohiyatida o‘sishlik va soflik paydo bo‘ladi.
2) Bola va uning ota-onasiga, balki, butun xonadoniga izzat va viqor nasib bo‘ladi. (Hadis mazmuni)
3) Rizqdagi tanglik ketib, faqirlik va muhtojlikdan doimiy najot topiladi.
4) Ota-onaga qiyomat kunida shunday bir toj kiydiriladiki, uning nuri quyoshdan ziyoda bo‘ladi.
5) Qur’oni karimni yodlashlik barakotidan zalolat va buzuq aqiydalardan omonda bo‘ladi.
6) Qur’oni karimni yod olinishi sababli o‘tirganda-turganda biron bir narsani o‘qiyverish sababidan butun hayot ibodatga aylanib ketadi.
7) Qur’oni karimning barakotidan hofizi Qur’on behuda o‘yin-kulgidan juda uzoq bo‘ladi.
8) Hofizi Qur’on shafoatidan xonadonidan o‘n pushtiga najot beriladi (Bashartiki, ular musulmon bo‘lsalar).
9) Hofizi Qur’onning muhofazasi uchun Alloh taolo tarafidan farishtalar muqarrar qilib qo‘yiladi.
10) Hofizi Qur’onga jannatda shunday oliymaqom beriladiki, u bundan mamnun bo‘ladi.

Farzandlaringizga Qur’oni karimni albatta yodlattiring. Hofizi Qur’on bola dunyoviy ta’limda ham osonlik ila taraqqiy topadi.

Mavlono Musharraf Ali Tahanoviy
Abdulqayyum Komil tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalarga eng avvalo Qur’onni yodlatsak…