08:30 / 05.03.2020
7 191

G‘ulomjon Samadov: «Oshpaz, taksichi va maklerlar davlat imtiyozlaridan foydalansa-da, soliq to‘lamaydi»

G‘ulomjon Samadov: «Oshpaz, taksichi va maklerlar davlat imtiyozlaridan foydalansa-da, soliq to‘lamaydi»
Xalqaro press-klub bosh prodyuseri G‘ulomjon Samadov 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyada oshpaz, taksichi va maklerlar davlat bergan hamma imtiyozlar – bepul ta’lim, tibbiy xizmatdan foydalansa-da, daromadidan soliq to‘lamasligini ta’kidlab, bu borada jamoatchilik nazoratidan foydalangan holda ularni qanday qilib soliqqa tortish mumkinligi bilan qiziqdi.

Savolga «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov javob berib, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash o‘tgan yili boshlangani, bu masala yangi qabul qilingan Soliq kodeksida ko‘zda tutilganini aytib o‘tdi.

«O‘tgan yili Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qildik. Bundan iqtisodiy choralar qo‘llagan holda yashirin iqtisodiyotni kamaytirish maqsad qilingan edi.

Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, shunaqangi manfaatli tizim, biznes muhitini yaratishimiz kerak ediki, yashirinib yurgan tadbirkorlar o‘zi xohish bildirib [ochiqlikka] chiqishi kerak edi.

Natijada soliq turlarimiz 19tadan 15taga kamaytirildi, qo‘shimcha qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Shuningdek, dividentlar bo‘yicha to‘lovlar va boshqa soliq stavkalarining kamaytirilganiga qaramasdan, tushumimiz 1,5 barobarga ortganini ko‘rishimiz mumkin. Bu davlat tomonidan yashirin iqtisodiyotga ko‘rilayotgan choraga yaqqol misoldir
.
Ғуломжон Самадов: «Ошпаз, таксичи ва маклерлар давлат имтиёзларидан фойдаланса-да, солиқ тўламайди»

Ғуломжон Самадов: «Ошпаз, таксичи ва маклерлар давлат имтиёзларидан фойдаланса-да, солиқ тўламайди» ???? https://kun.uz/18751097

Опубликовано Kun.uz Среда, 4 марта 2020 г.

Bu yerda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda jamoatchilik ham yordam berishi kerak, degan taklif bo‘lmoqda.
Jamoatchilik qanday nazorat qiladi? Oddiy misol: taksi xizmatlaridan foydalanganda chek talab qilishi kerak bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa, do‘konga kirganda chek talab qilish kerak. Bular jamoatchilik nazorati hisoblanadi.

Tushunishimiz kerakki, gap bir parcha qog‘ozdamas. Bu orqali tadbirkor o‘ziga tushadigan foydadan ma’lum qismini davlat budjetiga to‘lashini biz ta’minlaymiz
», deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi davlat dasturida jismoniy shaxslarning taksichilik qilishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘ulomjon Samadov: «Oshpaz, taksichi va maklerlar davlat imtiyozlaridan foydalansa-da, soliq to‘lamaydi»