18:08 / 06.03.2020
2 673

Bojxonachilar 1905 yilda ishlab chiqarilgan qadimiy samovarni to‘xtatib qolishdi

Bojxonachilar 1905 yilda ishlab chiqarilgan qadimiy samovarni to‘xtatib qolishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Madaniy boyliklarni mamlakatimiz bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga bojxona organlari xodimlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining S.Najimov chegara bojxona postiga “Toyota Camry” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro Yu.Sh.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu fuqaroning qo‘l yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, 1 dona 1905 yilda Tula shahrida ishlab chiqarilgan “M.Slogozberg’” nomli samovarni qo‘shni davlatga olib chiqayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 1905 yilda ishlab chiqarilgan qadimiy samovarni to‘xtatib qolishdi