4 171
Mahalla vaziri Rahmat Mamatov: Bundan keyin hokim yer ajratishda mahalla bilan kelishishi kerak
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Mahallalar hududidagi qurilish ishlari uchun yer ajratishda o‘sha hudud aholisining roziligi olinishi lozim, hokimlar yer ajratish uchun qaror chiqarish jarayonida mahalla bilan kelishishi kerak. Bu haqda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov jurnalistlar bilan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.
«Bu tartib avvaldan bo‘lsa-da, lekin rioya qilinmas edi. Arxitektura bo‘limi va kadastr xizmati xodimi borib, qaror chiqarib qo‘yardi. Bundan keyin yer ajratishda qaror chiqqunga qadar mahallaning roziligi kerak bo‘ladi. Chunki mahallada fuqarolarning xohish va istaklari bor, mahalla raisini ular saylagan», — dedi vazir Mamatov.
Vazir o‘z fikrini davom ettirarkan, yaqinda Toshkent shahrining «Yunus Rajabiy» mahallasidagi shov-shuvli holatga ham to‘xtalib o‘tdi. «Mahallaning raisi ham, profilaktika inspektori ham daraxtzor o‘rnidagi qurilishga keskin ‘yo‘q’ degan. Ammo sud quruvchining foydasiga qaror chiqargan», — deya qo‘shimcha qildi mahalla vaziri.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil fevral oyidagi farmoniga muvofiq, bundan buyon mahallalardagi qurilish ishlari bilan mahalla raisining o‘rinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi shug‘ullanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi