15:25 / 15.03.2020
3 578

Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar vaqtincha yopiladi

Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar vaqtincha yopiladi
16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalari koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktika maqsadlarida karantinga yopiladi. Bu haqda Kun.uz’ning Maktabgacha ta’lim vazirligidagi manbasi ma’lum qildi.

Bugun O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing boshlanishi kutilmoqda. Brifingda O‘zbekistonda koronavirus paydo bo‘lishi munosabati bilan qo‘llanadigan choralar haqida e’lon qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar vaqtincha yopiladi