20:20 / 17.03.2020
3 203

Toshkentda metrobuslar qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda metrobuslar qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi ma’lum bo‘ldi
Foto: The Urbanist
Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish doirasida eski tramvay liniyasi o‘rnida tezyurar avtobuslar (bus rapid transit) qatnovini joriy etish rejalashtirilgani xabar berilgan edi. Tajriba sifatida loyihada Istiqlol va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyobonidan Compass savdo-ko‘ngilochar markaziga qadar yo‘nalish belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 oktabrgacha ushbu yo‘nalish bo‘ylab maxsus qatnov yo‘lagini yaratish va 20 ta zamonaviy elektrobus xarid qilib, quvvatlash uskunalari bilan ta’minlash lozim. Agar tajriba loyihasi muvaffaqiyatli o‘tsa, metrobuslar shaharning boshqa yo‘llarida ham tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, bus rapid transit (tezyurar avtobus yoki metrobus) — an’anaviy avtobus yo‘nalishlaridan yuqori foydalanish samaradorligi (tezlik, ishonchlilik, yo‘lovchi tashish) bilan ajralib turadigan avtobus qatnovini tashkil etish usulidir.

Tezyurar avtobus tizimi ayrim ko‘rsatkichlari, xususan, tezligi bilan yengil relsli transport (tezyurar tramvay)ga o‘xshab ketadi. U an’anaviy jamoat transportidan qator jihatlari bilan farq qiladi. Uning trassasi ajratilgan yo‘lak (to‘liq yoki asosiy qismi)dan o‘tadi. Chorrahalarda bunday avtobuslar ustunlikka ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda metrobuslar qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi ma’lum bo‘ldi