14:10 / 18.03.2020
3 594

Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak?

Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak?
Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov homilador ayollar koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi, deb xabar berdi «Darakchi.uz».

«Koronavirus infeksiyasidan saqlanish bo‘yicha homiladorlar uchun alohida ko‘rsatmalar mavjud emas. Kasallik havo tomchi yo‘li va muloqot orqali yuqish ehtimoli kuchli bo‘lgani sababli, homilador ayollar ham barcha profilaktika choralariga va karantin talablariga amal qilishlari talab etiladi.

Hozirda alohida toifalarni davolash usullari ham mavjud emas. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qanday toifaga mansub bo‘lishidan, irqidan, millatidan qat’i nazar koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqqan. Aynan shu davolash bayonnomalari asosida O‘zbekistonda ham davolash chora-tadbirlari qo‘llaniladi».

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 13 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak?