19:18 / 20.03.2020
3 627

SEOA direktori: «Kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti»

SEOA direktori: «Kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti»
Foto: uzreport.news
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining so‘zlariga ko‘ra, hozirda epidemiologik barqarorlik ta’minlanmoqda.
«Ko‘rilgan choralar natijasida shu paytgacha faqatgina karantinga olingan va kasallikda gumon qilingan fuqarolarda ushbu kasallik aniqlandi. Ya’ni, kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti. Shu orqali epidemiologik barqarorlik ta’minlanmoqda», - dedi Bahrom Almatov.

Bundan oldin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirusga chalingan fuqarolar to‘liq tuzalib chiqsa, kasallik qaytalanmasligi to‘g‘risida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SEOA direktori: «Kasallikning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmayapti»