2020 yilning 19 mart kuni soat 12:30da muqaddam sudlangan va sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 41 yoshli D.X. Shahrixon tuman Qumtepa MFY.da joylashgan sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexi oldida fuqaro 29 yoshli I.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashina saloniga yukxona eshigini ochish orqali kirib, avtomashinani yashirin ravishda olib qochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u ushbu avtomashinada “Shahrixon-Quva” transport qatnov yo‘lining Shahrixon tumani Do‘stlik MFYda harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina egasi va uning tanishi tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Damas rusumli avtomashina egasi I.S.dan tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan va ko‘zdan kechirilgan. D.X. esa gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi