07:37 / 30.03.2020
1 721

23 mingdan ortiq tadbirkordan narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olindi

23 mingdan ortiq tadbirkordan narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olindi
Iste’mol bozorida narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik to‘g‘risida 23 mingdan ortiq tadbirkordan kafolat xati olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov ma’lum qildi.

Rahimovning aytishicha, karantin e’lon qilingan vaziyatda respublikadagi 215ta dehqon bozori, 167ta savdo majmuasi, dorixonalar, ulgurji savdo bazalari va tovar xomashyo birjalariga prokuratura, departament va soliq idoralarining 2604 nafar xodimi biriktirilgan bo‘lib, kuchaytirilgan rejimda nazorat olib borilmoqda.

«Iste’mol bozorida narxlarni asossiz ravishda oshirmaslik to‘g‘risida qariyb 40 mingta tushuntirish tadbiri o‘tkazilib, narxlarni oshirmaslik haqida 23 mingdan ortiq tadbirkordan kafolat xatlari olindi», – dedi departament boshlig‘i 28 mart kungi brifingda.

Unga ko‘ra, jami 728ta holatda (undan 102tasi dorixonalar bilan bog‘liq) umumiy qiymati 2 mlrd so‘mga yaqin mahsulotlarni turli manipulyatsiyalar orqali qimmat sotish holatlari aniqlangan bo‘lib, aybdor shaxslarga qonuniy choralar ko‘rilgan.

«Xususan, Toshkent tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqaro A.Sayfudinov davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tegishli hujjatlarsiz 150 mln so‘mlik 10000 dona tibbiy yuz niqobini noqonuniy ravishda sotayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda», dedi Dilshod Rahimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 23 mingdan ortiq tadbirkordan narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olindi