09:30 / 02.04.2020
2 382

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, 1 aprel kuni koronavirus tarqalishining oldini olishda ko‘mak berish maqsadida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi, deya xabar qildi O‘zA.

Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlashga yordam beradigan teplovizor, pirometrlar, un, yog‘, guruch, xo‘jalik sovuni, shuningdek, afg‘on bolalari uchun kiyim-kechak mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren — Toshkent — Termiz — Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘ylab jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonga ham koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun insonparvarlik yordami yubordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi