23:53 / 03.04.2020
2 999

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 227taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 227taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 6 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 227tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 25 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.
So‘nggi kunlarda koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilishi keskin o‘smoqda - 2-3 aprel kunlari O‘zbekistonda jami 46 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.

Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nega karantin cheklovlari kuchaytirilayotganiga qaramay mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni oshayotganini karantinga olinganlar orasida ko‘pchilikda virus aniqlanayotgani bilan izohlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 227taga yetdi