19:29 / 04.04.2020
2 666

Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi

Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi
Foto: Surxondaryo IIB
Toshkent shahridan Surxondaryo viloyatiga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi. Bu haqda Surxondaryo IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Joriy yilning 3 aprel kuni soat 11:30 da Termiz shahridagi patrul-postda to‘xtatilgan yuk avtomobilida 8 nafar yo‘lovchi borligi ma’lum bo‘lgan.

Yo‘lovchilarning aytishicha, ular Toshkent shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga yo‘l olgan Isuzu haydovchisi bilan kelishib, 50 ming so‘m evaziga manziliga yetib kelgan.

Foto: Surxondaryo IIB
Holat yuzasidan Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. 8 nafar yo‘lovchiga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar tuzilib, ular viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga karantinga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi