22:51 / 09.04.2020
8 330

Qo‘qonda ota 6 yashar o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan tashlab yubordi

Qo‘qonda ota 6 yashar o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan tashlab yubordi
Qo‘qon shahrida 6 yoshli o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan itarib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 27 yanvar kuni soat 22:30 da Qo‘qon shahar prokuraturasiga shahar IIO FMB navbatchilik qismidan 2014 yilda tug‘ilgan D.Sh. shu kuni soat 21:00 da Qo‘qondagi birlashgan temir yo‘l shifoxonasi binosining 4-qavatidan tushib ketib, tan jarohati olganligi haqida xabar berilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida D.Sh. hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohati olganligi qayd etilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida D.Sh.ning hayoti saqlab qolingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining otasi I.Sh. farzandi derazadan ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganini bildirgan. Biroq psixolog ishtirokida tushuntirish bergan D.Sh. uni derazadan otasi itarib yuborganini aytgan.

Mazkur holat bo‘yicha dastlab Jinoyat kodeksining 111-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.

I.Sh.ning ruhiy holatini aniqlash maqsadida unga nisbatan kompleks psixologik-psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza jarayonida I.Sh. turmush o‘rtog‘i uni va farzandini tashlab, Rossiyaga ketgani uchun tushkunlikka tushib, farzandini derazadan o‘zi tashlab yuborganini bildirgan.

Ish yuzasidan to‘plangan materiallar Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, fuqaro I.Sh.ning harakatlarida ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish alomati borligi aniqlangan.

7 aprel kuni mazkur jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi 2-qismi (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilish) «v» bandiga qayta malakalanib, Qo‘qon shahar prokuraturasining ish yurituviga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda ota 6 yashar o‘g‘lini shifoxonaning 4-qavatidan tashlab yubordi