
Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savollarga javob berildi.
Savol: Test tekshiruvi va natija aniq bo‘lguncha qancha vaqt o‘tadi? Bu testlar qayerda ishlanadi? Laboratoriyalarimizda bir kunda nechta testni qayta ishlash imkoniyati mavjud?
Javob: Hozirgi vaqtda koronavirusni PSR usulida aniqlash uchun o‘rtacha 6-8 soat vaqt ketadi. Tahlillarning davomiyligi ularning hajmiga bog‘liq.
PSR — amplifikator, amplifikatsiya bosqichida virus genomini selektiv ko‘paytirish. Agar planshetlar ishlatilsa 96 ta katagi bor, demak 96 ta tahlil bir vaqtda tayyor bo‘ladi, agar Rotor-J bo‘lsa, 36,72,100 tahlil natijasi chiqadi.
Bitta laboratoriyada bir kunda o‘rtacha 400 tagacha tahlilni qayta ishlash mumkin.
Savol: Meni bir yaqin qarindoshim virusga chalingan. U bilan qanday muloqot qilishimiz mumkin? Uchrashuv xonalari bormi?
Javob: Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar haqida ma’lumot olish mumkin. Buning hech qanday qiyinchiligi yo‘q. Mazkur kasallikka chalingan shaxslar davolanayotgan muassasaning telefon raqamini “Ma’lumotlar byurosi”dan olish mumkin. Aksariyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida mobil telefonlari bemorlarning o‘zlarida qolgan.
Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda karantinga olingan fuqarolarni saqlash uchun qurilgan maxsus shifoxonalarda yaratilgan sharoitlar talab darajasida emasligi haqida aytilyapti. Bu muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyaptimi?
Javob: Bu ob’ekt o‘ta qisqa muddatlarda barpo etildi. U yerda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarga barcha shart-sharoitlar yaratib berishga harakat qilindi. Albatta birdaniga ideal shart-sharoit qilinmagan bo‘lishi mumkin. U yerdagi odamlarni kam sonli qilib alohidalash, yashash va ovqatlanish sharoitlarini qilib berish bu osonlikcha amalga oshirilmayapti.
Fuqarolarimiz yashayotgan vagonlarda hojatxona, konditsioner, “Uzmobayl” telefonlari o‘rnatilgan. Ovqatlanishlari uchun bir marotabalik idishlar tashkil qilingan bo‘lib, ishlatib bo‘lingan idishlar va ovqat qoldiqlari maxsus krimatoriylarda yoqib tashlanmoqda.
Toshkent shahar hokimi qariyb har kuni ushbu shaharchaga borib, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishmoqda va mavjud yoki yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing