16:06 / 12.04.2020
3 633

Koronavirus it va mushuklardan odamga yuqadimi? Mutaxassis javob berdi

Koronavirus it va mushuklardan odamga yuqadimi? Mutaxassis javob berdi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing davomida fuqarolardan kelgan savollarga javob qaytarildi.

— Pensiyamni naqd pulda olaman. Do‘konlarda narsa xarid qilganimizdan keyin qaytim berishadi. Kasallikning ortib ketayotganiga shu ham sabab bo‘lmayaptimi?
— Haqiqatan ham naqd pulda koronavirus qo‘zg‘atuvchisi uzoq muddat (4-5 kun) saqlanib qoladi. Bunday paytlarda naqd pul bilan muomala qilishni keskin kamaytirish kerak.

Hozir plastik kartochkalar bo‘yicha umuman muammo yo‘q. Demak nafaqat oylik maoshlarini, hatto nafaqa pullarini ham kartochkaga tushirish kerak. Plastik kartochkadan foydalanilsa kasallik virusining bir odamdan ikkinchisiga o‘tish ehtimoli keskin kamayadi.
Uy sharoitida ishlatganda ham imkon qadar bitta plastikdan foydalanish maqsadga muvofiq. Plastik kartochkaga esa ishlov bersa bo‘ladi.

— Koronavirusning COVID-19 turi it va mushukdan odamga yoki odamdan it va mushukga yuqishi mumkinmi?
— Yo‘q. Shu paytgacha 7 turdagi koronavirus odamlarda kasallik chaqirishi mumkinligi isbotlangan. Ularning 4 tasi butun dunyoda uchrab turadi va shamollashning belgilari singari namoyon bo‘ladi. Ularning ikkitasi SARS-CoV-2 va COVID-19 xavfliroq turi hisoblanadi.
Agar itlar va mushuklarda odamlardagi koronavirus kasalligi klinikasiga o‘xshash belgilar paydo bo‘lsa, bilingki, bu COVID-19 kasalligi emas!

Bu itlarda uchraydigan gripp, paragripp, mushuklar O‘RS (mushuk astmasi) bo‘lishi mumkin. Uy hayvonlarida ham yurak yetishmovchiligi, pnevmoniya, dirofilyarioz kasalligining (gelmintozlar chaqiradigan parazitar kasallik) yurak shakli ham uchrashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus it va mushuklardan odamga yuqadimi? Mutaxassis javob berdi