16:21 / 16.04.2020
2 860

AQSH O‘zbekistonga yordam yetkazib berdi

AQSH O‘zbekistonga yordam yetkazib berdi
Foto: U.S.Embassy Tashkent
O‘zA xabariga ko‘ra, ushbu yordam 144dan ortiq sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari orqali ehtiyojmandlarga yetkaziladi.
Vitamin va minerallar bilan boyitilib quritilgan sabzavotlar va dukkakli mahsulotlardan iborat mazkur yordam sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya ob’ektlari hamda uy xo‘jaliklarida qo‘llanadi.

2009 yildan buyon USAID xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida O‘zbekistonga qiymati 3,2 million dollardan ortiq bo‘lgan qariyb 1163 tonna oziq-ovqat yetkazib bergan. Ushbu yangi insonparvarlik yordami AQSHning sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirgan 122 million dollarlik uzoq muddatli sarmoyasi hamda so‘nggi 20 yil ichida ko‘rsatgan bir milliarddan ortiq umumiy yordamiga asoslanib tashkillashtirilgan.

Mazkur ko‘mak «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi va Amerikaning Resource and Policy Exchange, Inc. (RPX) nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tarqatiladi. «Sog‘lom avlod uchun» dasturi O‘zbekiston Respublikasida ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. RPX’ning asosiy maqsadi oziq-ovqat va dori-darmonlar shaklidagi texnik va nomoddiy yordam ko‘rsatish orqali sog‘liqni saqlash standartlari va axborot olish imkoniyatlarini yaxshilashdan iborat.

USAID xalqaro taraqqiyot bo‘yicha dunyodagi yetakchi agentlik va rivojlanish sohasida natijalarga erishish «katalizatori» hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH O‘zbekistonga yordam yetkazib berdi