21 aprel kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirusga test olish ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi kungacha 150 mingdan ortiq kishi koronavirusga testdan o‘tkazilgan. Yaqin kunlarda testdan o‘tkazilganlar sonini yarim millionga yetkazish rejalashtirilgan.
«Aholini koronavirusga testdan o‘tkazish ko‘rsatkichlari keyinchalik ham o‘sib boradi. Test olish qamrovini maksimal darajada oshirish orqaligina karantin shartlarini yumshatishga erishish mumkin», deya Habibulla Oqilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik vakili xususiy klinikalarda testlar qay tartibda o‘tkazilishi, ekpress-testlar, ayni testlarning aniqlik darajasi necha foizni tashkil etishi haqidagi savollarga javob qaytargan.
U xususiy tibbiyot tashkilotlariga tahlil o‘tkazish uchun ruxsat berilishi borasida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Biroq tahlillar asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining laboratoriya tahlillarini o‘tkazish imkoniyatlari yetarli ekanligi aniqlanganini bildirdi. Xulosaga ko‘ra, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini aniqlash borasida tahlil o‘tkazish jarayoniga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb etishga hojat yo‘qligi aytilgan.
Ayni paytda polimer zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida laborator tekshirish o‘tkazilayotgani, uning o‘ziga xosligi, sezgirligi va aniqligi darajasi eng yuqorisiligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ekspress testlar o‘tkazilmayotgani aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi