15:07 / 22.04.2020
3 002

Fuqarolarga qarindoshlarini o‘z nomida bo‘lgan turarjoyga ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi

Fuqarolarga qarindoshlarini o‘z nomida bo‘lgan turarjoyga ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi
Fuqarolarga birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini o‘zi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda bo‘lgan manzil bilan bir qatorda egaligida bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish imkoniyatini yaratiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 aprel kuni imzolangan «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan doimiy propiska qilish tizimidan bosqichma-bosqich xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tiladi.

Shuningdek, «doimiy propiska qilish» va «turgan joyi bo‘yicha hisobga olish» tushunchalarini «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» va «vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchalariga o‘zgartirilmoqda.

Bundan tashqari, tegishli lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolarga hamda respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar uchun lavozimni egallab turish davriga beriladigan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish huquqiga cheklov olib tashlanmoqda.

Farmon bilan respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarni sotib olib, uch yil ichida sotgan holatlarda davlat bojining alohida stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolarga qarindoshlarini o‘z nomida bo‘lgan turarjoyga ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi