13:40 / 24.04.2020
4 532

Qozog‘istonda ob-havo keskin o‘zgardi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?

Qozog‘istonda ob-havo keskin o‘zgardi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?
Shu kunlarda OAVda yaqin ikki kun ichida Qozog‘iston da ob-havoning keskin o‘zgarishi to‘g‘risida xabar tarqaldi. Qozog‘iston bizning eng yaqin qo‘shnimiz, shuning uchun mamlakatimiz aholisini Qozog‘iston dagi ob-havo jarayonlari bizning hududimizga ham ta’sir qiladimi degan savol qiziqtirmoqda.

Darhaqiqat, bugun va ertaga Qozog‘istonning g‘arbiy hududlari Rossiyaning Yevropa rayonlaridan kirgan juda faol atmosfera fronti ta’sirida bo‘ladi.

Sovuq front o‘tishi natijasida Qozog‘iston gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari mamlakatning g‘arbiy tumanlarida yomg‘ir va qor qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar, kuchli shamol (23-28 m/s gacha) va haroratning sovub ketishini prognoz qilmoqdalar.

Qozog‘istondan o‘tayotgan oqim juda kuchsiz ko‘rinishda O‘zbekistonning faqat shimoli-g‘arbiy hududlariga ta’sir qiladi. 23 aprelda Qoraqalpog‘iston hududida, 24 aprelda esa Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrga yetadi, harorat kechasi 7-12, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi.

24 aprel kechga borib Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamolning tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetadi, 25 aprelda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va O‘zbekistonning janubiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. 25 aprelda kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

Biroq bu jarayon Qozog‘iston bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq emas, bu Turkmaniston hududidan kirayotgan nam havo oqimi natijasidir.
Sinoptiklar yaqin kunlarda ob-havoning keskin o‘zgarishlari kutilmayotganini ma’lum qildilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda ob-havo keskin o‘zgardi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qiladimi?