2 459
Namanganda Malibu-2 mashinasini ochiq qoldirgan toshkentlik mehmonning pullarini o‘g‘irlashdi
Illustrativ foto
Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro G‘.P. 2020 yil 6 mart kuni Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U shu kuni soat 12:30da Namangan shahar A.Rahimov ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan Malibu-2 rusumli avtomashinasini ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, noma’lum shaxs avtomashina salonidagi narxi 300 000 so‘mlik Samsung rusumli uyali telefoni apparati va jami 5 200 AQSH dollari pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 28 yoshli K.R. sodir etganligi aniqlangan. Dastlabki tergov jarayonida K.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, undan 4 000 AQSH dollari, 405 000 so‘m pullar va Samsung rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi