2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatlari o‘zgartirilgani yo‘q. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Va hozir Davlat test markazi shu muddatda barcha tayyorgarlik ishlarini tugatish uchun harakat qilmoqda.
Bugun, 2 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori Majid Karimov tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatida o‘zgarish bo‘lish ehtimoli yo‘qligi, qabul esa onlayn tizim ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berildi.
«2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatlari o‘zgartirilgani yo‘q. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Va hozir Davlat test markazi shu muddatda barcha tayyorgarlik ishlarini tugatish uchun harakat qilmoqda», - deya ta’kidladi Davlat test markazi direktori.
Majid Karimovning ta’kidlashicha, agar kirish imtihonlari o‘tkazilish muddatlarida o‘zgarish bo‘lsa, abituriyentlar xabardor qilinadi.
«Qabul jarayonlari uchun asosiy javobgar tashkilotlar: Davlat xizmatlari markazlari va Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali hisoblanadi, mana shu tashkilotlar orqali, bundan tashqari, joriy yildan boshlab Davlat test markazi orqali ham onlayn hujjat topshirish mumkin», - dedi Majid Karimov.
Majid Karimovga ko‘ra, DTM tomonidan joriy yil qabuli uchun hujjatlar aksar holatlarda onlayn qabul qilishni rejalashtirilmoqda. Abituriyentlar Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali yoki DTM sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlar onlayn platforma orqali hujjat topshirish jarayonida 3 ta tildan birini: o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini tanlash imkoniga ham ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi