2 279
Toshkent viloyatida ko‘cha bo‘ylab bir paket giyohvandlik moddasi bilan yurgan shaxs ushlandi
2020 yilning 10 aprel kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Tadbir davomida 52 yoshli Z.A. Chinoz tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab piyoda ravishda harakatlanib ketayotgan vaqtida shubha ostiga olinib xolislar ishtirokida uning qo‘lida bo‘lgan polietilen paket ichi ko‘zdan kechirilganda, paket ichida ho‘l holdagi vazni 1055,94 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishlicha rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi