17:08 / 06.05.2020
4 180

«Artistning jazolanishidan jamiyat hech narsa yutmaydi, ammo fojialarga sababchi ...»

«Artistning jazolanishidan jamiyat hech narsa yutmaydi, ammo fojialarga sababchi ...»
Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati, bloger Obidjon Latipov so‘nggi kunlarning eng ko‘p muhokama qilinayotgan ikki mavzusi — Sardobadagi falokat va bu avariyadan jabr ko‘rganlarga yordam yuborish vaqtida ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgan xalq artisti Yulduz Usmonovaga jamoatchilikning munosabati yuzasidan qisqa xulosalari bilan bo‘lishdi.

- "Siz nimani buyurtma qilsangiz shuni eltib berishadi. Bir artist hissiyot bilan og‘ziga kelganini gapirdi. Uni gaplaridan biror kishi na moddiy, na jismoniy zarar ko‘rdi. Lekin minglab insonlar uni jazolashni talab qilyapti.

Suv omborining to‘g‘oni qulashidan esa o‘n minglab odam boshpanasiz qoldi, insonlar hayoti havf ostida, hatto vafot etganlar bor. Ammo aybdorlarni jazolashni talab qilayotganlar barmoq bilan sanarli.

Biz o‘zimiz artistlarga o‘ralashib qolgan jamiyatmiz. Shunchalar maydalashib ketganmizki, hayotimiz bilan bog‘liq yirik narsalarni ham ko‘rolmaydigan bo‘lib qolganmiz.

Artistning jazolanishidan jamiyat deyarli hech narsa yutmaydi, ammo fojialarga sabab bo‘layotgan amaldorlarning jazolanmasligidan jamiyat juda katta yutqazadi.
Bizga nima muhimligini anglab olishimiz zarur. Zero, nimani buyurtma qilsak o‘shanga erishamiz. Qiziq paradoks.", - deydi xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Obidjon Latipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Artistning jazolanishidan jamiyat hech narsa yutmaydi, ammo fojialarga sababchi ...»