17:27 / 06.05.2020
3 225

"KNAUF GIPS BUXORO" karantin davrida ham 132 ta ish o‘rinlarini yo‘qotmasdan barqaror faoliyat yuritdi

"KNAUF GIPS BUXORO" karantin davrida ham 132 ta ish o‘rinlarini yo‘qotmasdan barqaror faoliyat yuritdi
Hech kimga sir emas, butun dunyoda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham korona virus ta’sirining yuzaga kelishi ko‘plab ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini xavf ostiga qo‘ydi.

Shu nuqtai nazardan, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgani ayni muddao bo‘ldi. Xususan, bu borada, Prezidentimizning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, favqulodda yuzaga kelgan virusning ta’siri kengayib ketmasligi uchun o‘z vaqtida choralarni, jumladan, iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatishga va bartaraf etishga to‘liq shart-sharoit yaratib berdi.

Misol uchun, Buxoro viloyatida koranavirus pandemiyasi ta’siriga qarshi olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida:
- 916 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 660,1 mln. so‘mlik mol-mulk solig‘i;
- 1053 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 570,4 mln. so‘mlik yer solig‘i;
- 469 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 2,3 mln. so‘mlik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar;
- Shuningdek, jami viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan 1411 ta korxona va tashkilotlarning 1232,7 mln. so‘mlik penya summasi to‘xtatib qo‘yildi hamda ularning soliq qarzlariga majburiy undiruv choralarini ko‘rmaslik belgilab olindi.

Ta’kidlash lozim, viloyatda koranavirus pandemiyasi ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘plab korxonalar o‘z faoliyatlarini to‘xtovsiz amalga oshirdilar.
Kogon tumanida faoliyat yuritayotgan, yuqori sifatli qurilish mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "KNAUF GIPS BUXORO" MCHJ xorijiy korxonasi ana shulardan biri hisoblanadi.

Pandemiya "KNAUF GIPS BUXORO" MCHJ xorijiy korxonasi faoliyatiga ta’sir qilmadi deya olmaymiz. Ammo ko‘rilgan chora-tadbirlar, Davlat soliq qo‘mitasi va viloyatning tegishli tashkilotlari sa’yi-harakatlari bilan u o‘z faoliyatini davom ettiryapti.
Masalan, joriy yil mart oyida korxonaning realizatsiya hajmi 325,7 mlrd.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, korxona pandemiya oqibatlari avj olgan aprel oyida ham 132 ta ish o‘rinlarini yo‘qotmasdan faoliyat yuritib, 267.6 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.

Quvonarlisi, ushbu yirik korxonaga karantin davrida ishini yengillashtirish va uzluksiz faoliyat yuritishi uchun maqbul sharoitlar yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan korxona transport vositalarining harakati uchun maxsus ruxsat beruvchi stikerlarning berilgani bu yerda barqaror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlashga zamin yaratdi. Buning natijasida esa korxona davlatimiz budjetiga soliq tushumlari tushishida o‘z hissasini qo‘shib kelayapti.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, "KNAUF GIPS BUXORO" MCHJ xorijiy korxonasi namunali soliq to‘lovchi bo‘lganligi bois, ushbu korxona belgilangan tartibda 2019 yil davomida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, mol mulk solig‘i va QQSdan jami bo‘lib, 10,1 mlrd. so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.
Shundan, soliq kodeksi orqali berilgan 51,9 mln. so‘mlik hamda Prezidentimizning 5 ta qaror va farmonlari bilan jami 10,0 mlrd. so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Bir so‘z bilan aytganda joylarda koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan oqilona choralar natijasida Buxoro viloyati bo‘yicha budjet daromadlariga joriy yil I choragi uchun belgilangan 442,1 mlrd. so‘m prognoz 488,0 mlrd. so‘mga yoki 110,4 foizga (45,8 mlrd.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.
Viloyat mahalliy budjetiga joriy yil I chorak uchun belgilangan 429,9 mlrd. so‘m prognoz 482,4 mlrd. so‘m (112%)ga yoki 52,5 mlrd. so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Buxoro viloyati
DSB Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "KNAUF GIPS BUXORO" karantin davrida ham 132 ta ish o‘rinlarini yo‘qotmasdan barqaror faoliyat yuritdi