15:30 / 07.05.2020
2 908

Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Sardobadagi falokatni o‘rganish uchun Sirdaryoga keldi

Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Sardobadagi falokatni o‘rganish uchun Sirdaryoga keldi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
6 may kuni Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiya Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va keyinchalik Qozog‘iston hududini suv bosishi holatini o‘rganish hamda vaziyat yuzasidan O‘zbekiston bilan umumiy harakatlar algoritmini ishlab chiqish maqsadida Sirdaryoga tashrif buyurdi. Bu haqda Sirdaryo hokimiyatining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyani O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev kutib olgan.

Delegatsiya vertolyot aviatsiyasi yordamida Sirdaryo suv ombori atrofi hududlarini ko‘zdan kechirgan.
Shuningdek, Qozog‘istondagi Turkiston viloyati va O‘zbekiston Sirdaryo viloyati o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, hamkorlik, ko‘mak masalalari hamda ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi suv toshqini oqibatida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani hududida texnogen xususiyatga ega favqulodda holat e’lon qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqin natijasida viloyat hududida 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Mazkur favqulodda holatni muhokama qilish uchun Qozog‘iston rasmiylari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Sardobadagi falokatni o‘rganish uchun Sirdaryoga keldi