23:10 / 07.05.2020
3 401

Alisher Usmonov Sardobadagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 15 mln dollar ajratdi

Alisher Usmonov Sardobadagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 15 mln dollar ajratdi
Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv ombori to‘g‘oni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 15 million dollar miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.

IntelliNews nashri xabar berishicha, bu mablag‘ning 10 million dollarlik qismi O‘zbekiston uchun, 5 million dollari esa Qozog‘iston uchun taqdim etilgan. Kun.uz manbasi bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Tengrinews.kz nashri xabariga ko‘ra, suv toshqinidan jabr ko‘rgan Turkiston viloyati hokimligi 5 million 202 ming dollar ajratilganini tasdiqlagan.

«Bu mablag‘lar jabrlangan 5202 oila boshliqlariga o‘tkazib beriladi», degan hokimiyatdagi manba.
1 may kuni Sirdaryoning Sardoba tumanida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida atrofdagi hududlardan, jumladan Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan ham jami 90 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.

Suv Qozog‘iston janubiga kirib borishi tufayli Turkiston viloyati Maqtaraal tumanida 10ta qishloqni suv bosdi va xavfli hududlardan 30 mingdan ortiq kishi ko‘chirildi.

Qayd etish kerakki, Alisher Usmonov so‘nggi oylarda koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston aholisi uchun ikki marta xayriya mablag‘i ajratgandi.Mart va aprel oylarida u jami 25 million dollar miqdoridagi mablag‘ni koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasidagi O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasiga o‘tkazib bergandi.

Financial Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, u 2019 yilda ham bir necha yuz million dollar miqdoridagi mablag‘ni O‘zbekistondagi ijtimoiy va madaniy loyihalarga yo‘naltirgan.

Forbes jurnalining 2020 yilgi ma’lumotiga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 13,4 milliard dollarni tashkil etadi. U Rossiyada eng badavlat tadbirkorlar reytingida yettinchi o‘rinda joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov Sardobadagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 15 mln dollar ajratdi