03:23 / 13.05.2020
4 064

Koronavirus qaysi kasb egalari uchun eng xavfli?

Koronavirus qaysi kasb egalari uchun eng xavfli?
Qorovullar, haydovchilar, oshpazlar va tibbiyot xodimlari boshqalarga qaraganda ko‘proq koronavirus infeksiyasi tufayli eng ko‘p hayotdan ko‘z yummoqda.

Xuddi shunday xulosaga Buyuk Britaniya milliy statistika xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot yakunida kelindi. Tadqiqot uchun Angliya va Uelsda mehnatga layoqatli (20-64 yosh) fuqarolar o‘rtasidagi koronavirus tufayli 2494 ta o‘lim holati to‘g‘risidagi statistika asos qilib olingan.

Unga ko‘ra, vafot etganlarning uchdan ikki qismi erkaklar (1612 kishi) bo‘lib, ushbu guruhdagi o‘lim darajasi har 100 ming kishiga 9,9 ta, ayollar orasidagi 100 ming kishiga esa 5,2 ta o‘limni tashkil etgan.

Tadqiqot davomida koronavirus infeksiyasining ushbu qurbonlari orasida eng himoyasiz ishchi toifasi sifatida erkak soqchilar (qorovullar) ekanligini aniqlangan. Ushbu guruhdagi o‘lim darajasi har 100 ming kishiga 45,7 o‘limni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich taksi va boshqa yengil avtomobillar haydovchilari orasida 36,4 ta, oshpazlar orasida 35,9 ta, avtobus haydovchilari orasida 26,4 tani tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus qaysi kasb egalari uchun eng xavfli?