Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 9 nafar bemor sog‘ayib, 13 may kuni reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Tuzalganlarning barchasi Samarqand viloyatidan bo‘lib, 3 nafari Toyloq tumanida, yana 3 nafari Oqdaryo tumanida, 2 nafari Payariq tumanida va 1 nafari Samarqand shahrida yashaydi. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda ekani aytilgan.
Samarqand viloyatda shu paytga qadar koronavirusga chalingan 204 nafar bemor qayd etilgan bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda.
Ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2055 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda 13 may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 21 kishiga oshib, 2568 nafarga yetdi, o‘tgan davr mobaynida 10 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi