22:10 / 14.05.2020
2 947

Vodiy viloyatlarida zilzila kuzatildi

Vodiy viloyatlarida zilzila kuzatildi
Toshkent vaqti bilan soat 21:16da O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezildi.
Zilzila koordinatalari: 41,26 gradus shimoliy kenglik; 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Zilzilaning magnitudasi 4,3 ballni tashkil qilgan. Chuqurlik 14 kilometr, epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 197 kilometrni tashkil qiladi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi Namangan viloyatida 4 ball (30 kilometr), Anijonda 3 ball (84 kilometr) va Farg‘onada 2 ballni (99 kilometr) tashkil qilgan.

Toshkentdagilar 2 ballik yer silkinishini sezishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vodiy viloyatlarida zilzila kuzatildi