22:02 / 15.05.2020
2 543

Bezgakka qarshi dori vositasi koronavirusni davolashda yaxshi natijalar ko‘rsatgani ma’lum qilindi

Bezgakka qarshi dori vositasi koronavirusni davolashda yaxshi natijalar ko‘rsatgani ma’lum qilindi
Foto: EPA-EFE
Rossiyaning Federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsovaning ta’kidlashicha, bezgakka qarshi dori vositasi “Mefloxin” koronavirusni davolashda yaxshi natijalar ko‘rsatdi: 70 foiz bemorlar bir haftadan keyin muqarrar sog‘aya boshlaganlar.

- “Mefloxin” bilan davolashning birinchi kursi, birinchi haftasi oxiriga 70 foiz bemorlar virusdan forig‘ bo‘ladilar. Biroq bu oraliq ma’lumotlar bo‘lib, tadqiqotlar davom etmoqda, - deb ma’lum qilgan Skvorsova matbuot anjumanida.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, ushbu dori vositasi ikkilamchi ta’sirga ega, misol uchun, uyqu buzilishiga olib kelishi mumkin.

Skvorsova koronavirusdan vaksina qachon paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga 2002 yilda avj olgan SARS virusidan hamon vaksina yaratilmaganiga e’tibor qaratgan. “Men buni vaksina yaratib bo‘lmasligi uchun emas, balki bu juda murakkabligi uchun gapirmoqdaman. Vaksina og‘ir asoratlarga olib kelmasligi uchun xavfsiz bo‘lishi lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Uning ma’lum qilishicha, koronavirusni yengil shaklda o‘tkazganlar real immun himoya hosil qilish uchun yetarlicha miqdorda antitanalarga ega bo‘lmaydilar. Kasallikdan tuzalganlarning yarmidan qon zardobi olish mumkin va faqatgina ularning chorak qismidagina donor bo‘lish uchun yetarlicha antitanalar bo‘ladi.

Skvorsovaning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi antitanalarga ega qon zardobi bemor o‘rtacha og‘irlikda bo‘lsa yaxshi samara beradi, biroq u o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmasiga ulangan va o‘pkasining 75 foizi “ishlamayotgan” bo‘lsa, qon zardobi bemorning ahvolini yomonlashtirishi mumkin.

Avvalroq, mart oxirida Federal tibbiy-biologik agentligi xitoylik va fransiyalik shifokorlar tajribasini hisobga olgan holda “Mefloxin” asosida koronavirusni davolash sxemasini taqdim qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bezgakka qarshi dori vositasi koronavirusni davolashda yaxshi natijalar ko‘rsatgani ma’lum qilindi