Ijtimoiy tarmoqlarda ikki yosh yigitcha aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, tahqirlagan holat aks etgan lavha, shuningdek, ularning qilmishiga berilgan jazo muhokamasi davom etmoqda.
Holatga munosabat bildirgan Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha Vakili Aliya Yunusova «ikki nafar o‘smirga berilgan jazo»dan hayron qolgani, «...bunday holatlarda aslida jazo insonning sha’ni va qadr-qimmati tahqirlaganligi uchun belgilanishi kerak»ligini ta’kidlaydi. Zo‘ravonlar esa «Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish» (MJtK, 54-modda) va «Mayda bezorilik»da (MJtK, 183-modda) aybdor deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, ya’ni 1 115 000 so‘m ma’muriy jarima jazosiga tortilgan.
Oliy sud matbuot xizmati holat yuzasidan bayonot berdi.
Bayonotda voqelik yana bir karra bayon etilar ekan, asosiy urg‘u qonunchilikda (MJtK 29-moddasi 2-qismi) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emasligiga qaratiladi. Shuningdek, sud qaroridan norozi tomonlar (sud qarorining ko‘chirma nusxasi topshirilgan yoki olingan kundan e’tiboran) ikki oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat berishi yoki protest keltirishlari mumkinligi tushuntirilganini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Mirzo Ulug‘bek tuman ma’muriy sudi qarori 2020 yilning 23 aprel kuni chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi