13:39 / 26.05.2020
2 351

Qarzlar undirildi

Qarzlar undirildi
Xalqimizda lafz degan tushuncha bor, lafz qilib birovdan pul oldingmi ertaga uni qaytarish kerak. Aks holda qonun qarzni qaytarishga majbur qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudi 11.02.2020 yilda qonun talablariga ko‘ra, javobgar D.Isamova da’vogar Ali Azimadan 19 mln. so‘mni qarzga olib, bugungi kunga qadar qaytarmasdan kelganligini inobatga olib, javobgardan da’vogar foydasiga 19 mln. so‘m qarzni undirishni lozim topdi va “qarzni undirish haqida”gi talabni qanoatlantirdi.

Majburiy ijro byurosi Kogon shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklar topildi va 19,0 mln. so‘m qarz undirib berildi.

Xuddi shunday, Kogon shahrida yashovchi Alisher To‘qliyev huquqbuzarlik sodiq etishi natijasida Akmal Fayziyevga tegishli “Volkswagen” rusumli avtomashinaga 13,5 mln. so‘m zararni undirish to‘g‘risidagi Toshkent tumani ma’muriy sudining ijro hujjatiga asosan majburiy ijro harakatlari davomida yetkazilgan zarar ham undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzlar undirildi