Kecha AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
— Koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘ladi?
— Olimlarning fikricha, vaksinani ommaviy mikdorda ishlab chiqish uchun 2 oydan 2 yilgacha vaqt ketishi mumkin.
Shu hafta Rossiyaning Gamalei nomidagi mikrobiologiya institutida koronavirusga karshi ishlab chiqilgan vaksina bilan institutning barcha xodimlari emlangani va hozircha hech qanday asoratlar kuzatilmagani haqida xabar berishdi.
Biroq bu hozircha tajriba ekani ta’kidlanmoqda.
— Qat’iy karantin joriy qilingan vaqtda har kuni 5-10 nafar bemor aniqlanardi, karantin yengillatilishi bilan bu ko‘rsatkich bir necha o‘nliklarga chiqdi. Bunga qanday izoh berasiz?
— Qat’iy karantin rejimi mamlakatda birinchi koronavirus aniqlangan paytdan joriy qilingan va hozirgacha saqlanib qolingan. Faqatgina so‘nggi ikki haftada davolanganlar soni kasallanganlar sonidan ortganda karantin shartlarini bosqichma-bosqich yengillatishga qaror qilindi.
— Koronavirusdan himoyalanish uchun profilaktik dori ichish kerakmi?
— Koronavirusning medikamentoz profilaktikasi yo‘q!
Kasallikni oldini olishning yagona yo‘li — karantin choralariga rioya qilish. Immunitetni ko‘tarish uchun esa jismoniy faollik kerak.
— Nega O‘zbekistonda antitanachalarga ommaviy test o‘tkazilmayapti?
— Hozirgi kunga qadar koronavirusni aniqlash va davolash va muloqotda bo‘lganlarni karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik. Antitanachalar davolanib chiqqan bemorlarda paydo bo‘ladi.
Aholi orasida IFA tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
— Nogironligim bo‘yicha sanatoriyda davolanishim uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘rashyapti. Men pul to‘lab tekshiruvdan o‘tamanmi?
— Epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining buyrug‘iga asosan, koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili bugungi kunda bepul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi