3 109
O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda (foto)
Markaziy harbiy okrug hududidagi «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oyalar» asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli «Nona» o‘ziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi.
Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, «Bo‘ron» deya nom berilgan «GM-21 MK» rusumli «KamAZ» va «Ural» texnikasiga o‘rnatilgan 122 millimetrli «DM-21» markali o‘ziyurar artilleriya to‘p-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?